Loading...

YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI XAVFINI BAHOLASH

18 yoshdan kattalar uchun!

tana
Jinsingiz
Yoshingiz
yosh
Yuqori bosim
mmHg
Xolesterin, mmol/L
mmol/L
Vazningiz, kg
kg
Bo‘yingiz, sm
sm
Qandli diabet
Chekish
43
50
57
66
73
34
40
46
53
61
27
31
37
43
50
21
24
29
34
40
16
19
22
26
31

Xavf darajasini pasaytirish uchun tavsiyalar:

Agar xavf darajasini 24 gacha pasaytirmoqchi bo’lsangiz Yuqori bosimni 120-139 oralig’iga va Xolesterinni 4-4,9 oralig’iga tushirishingiz kerak! Bularni qanday tushirish bo’yicha shifokoringiz bilan maslahatlashing.

XAVF DARAJASI 10% DAN KAM
1

Ovqatlanish, jismoniy faollik, chekishni to‘xtatish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik masalalari bo‘yicha maslahat berish;

1

Agar xavf darajasi <5% bo‘lsa, keyingi kuzatuv - 12 oydan keyin;

1

Agar xavf darajasi 5% dan <10% gacha bo‘lsa, kuzatuv arterial bosimning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishilguncha har 3 oyda o‘tkaziladi, keyin esa har 6-9 oydan keyin;

1

Siydikda oqsil, qonda glyukoza, xolesterin miqdorini aniqlash, ko‘z tubini tekshirish, EKG - ikki yilda bir marta rejaga ko‘ra va ko‘rsatkichlarga qarab amalga oshiriladi.

XAVF DARAJASI 10-20%
1

Ovqatlanish, jismoniy faollik, chekishni to‘xtatish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik masalalari bo‘yicha maslahat berish;

1

Agar xavf darajasi 10% ˂ 20% va turg‘un arterial bosimning ≥140/90 mm.s.u. bo‘lsa, dorilarni qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish zarur. Kuzatuv har 3 oyda arterial bosimni o‘lchash/ nazorat qilish bilan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilguncha har 3-6 oyda o‘tkaziladi;

1

Siydikda oqsil, qonda glyukoza, umumiy xolesterin miqdorini aniqlash, ko‘z tubini tekshirish, EKG – 1 yilda bir marta rejaga ko‘ra va ko‘rsatkichlarga qarab amalga oshiriladi;

1

Xolesterin miqdorini aniqlash – 1 yilda bir marta;

1

Kardiolog, terapevt maslahatini olish – 1 yilda bir marta rejaga ko‘ra va ko‘rsatkichlarga qarab amalga oshiriladi.

XAVF DARAJASI 20% DAN KO‘P
1

Ovqatlanish, jismoniy faollik, chekishni to‘xtatish va spirtli ichimliklarni iste’mol qilmaslik masalalari bo‘yicha maslahat berish;

1

Arterial bosim turg‘un ravishda ≥130/80 bo‘lsa, dorilarni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish zarur (arterial gipertenziya va qandli diabetni davolash algoritmlariga qarang).

1

Umumiy xolesterin miqdori va lipid spektrini aniqlagandan so‘ng statinlarni buyuring.

1

Har 3 oyda kuzatib boring. Agar olti oy mobaynida yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamaymasa, kasalxonada davolanishni tavsiya qiling.

1

Kuzatuv: arterial bosimni o‘lchash/nazorat har 3 oyda

1

Siydikdagi oqsil miqdorini aniqlash - har 6 oyda, qondagi glyukoza miqdori, umumiy xolesterinni aniqlash, ko‘z tubini tekshirish, EKG- 1 yilda bir marta rejaga ko‘ra yoki ko‘rsatkichlarga qarab amalga oshiriladi

1

Kardiolog, endokrinolog, nevropatolog maslahatini olish – 1 yilda bir marta ko‘rsatkichlarga qarab amalga oshiriladi

1

Lipid spektri, buyrak koptokchalar filtratsiya tezligi (KFT)ni hisoblash bilan kreatinin va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada siydik kislotasi - 1 yilda bir marta rejaga ko‘ra va ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi

TURMUSH TARZINI O‘ZGARTIRISH BO‘YICHA MASLAHATLAR

1

Har qanday tamaki mahsulotini iste’mol qilishni to‘xtating, ikkilamchi tamaki tutuni ta’sir etishidan o‘zingizni saqlang;

2

Spirtli ichimliklardan voz keching!

3

Jismoniy faollik darajasini haftasiga 150 daqiqa tez yurishga teng bo‘lishigacha oshiring;

4

Agar sizda ortiqcha vazn bo‘lsa, ozing. Yurak uchun foydali bo‘lgan taomlarni iste’mol qiling;

5

Osh tuzi kam bo‘lgan ovqatlar iste’mol qiling;

6

Kuniga sabzavot/ho‘l mevalar ≥ 5 porsiya bo‘lsin;

7

Yong‘oq, dukkaklilar, butun donlar va foydali moylar (masalan, zaytun, saflor);

8

Kaliyga boy oziq-ovqatlar;

9

Baliq yoki omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lgan boshqa ovqatlar (masalan, zig‘ir urug‘i), haftasiga kamida ikki marta;

10

Qizil (lahm) go‘sht iste’molini haftasiga ko‘pi bilan bir yoki ikki martagacha cheklang;

11

Tortlar, pishiriqlar, shirinliklar, gazlangan ichimliklar va sharbatlarga qo‘shilgan shakardan saqlaning.

JISMONIY FAOLLIK BO‘YICHA MASLAHAT:

1

Jismoniy yuklamani asta-sekin o‘rtacha darajagacha oshiring (masalan, tez yurish); yuklamani hech bo‘lmaganda haftasiga besh kun, kuniga 30 daqiqagacha yetkazing.

2

Tana vaznini nazorat qilib boring va yuqori kaloriyaga ega bo‘lgan ovqat miqdorini kamaytirgan hamda jismoniy faollikka yetarlicha vaqt ajratgan holda, uning haddan tashqari ortib ketishiga yo‘l qo‘ymang.

YURAK SALOMATLIGI UCHUN FOYDALI PARHEZ
Osh tuzi (natriy xlorid)
- Tayyor ovqatlar va boshqa mahsulotlar tarkibidagi tuz miqdorini hisobga olganda, osh tuzi miqdorini kuniga 5 grammgacha (1 choy qoshig‘ida) cheklang
- Tarkibida osh tuzi miqdori yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar va yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlari (kolbasa, qurt, suzma, pishloq, dudlangan mahsulotlar, chipslar, quritilgan non, marinadlar, sosiskalar, qazi va boshqalar) iste’mol qilishni cheklang
Meva va sabzavotlar
Kuniga mavsumiy meva va sabzavotlarning 5 porsiyasini (400-500 gramm) iste’mol qiling: 1 porsiya o‘rtacha kattalikdagi 1 dona shaftoli, apelsin, olmaga, 3-4 dona o‘rik, bir hovuch uzum, anor yoki 3 osh qoshiq xom va qaynatilgan sabzavotlarga (kartoshka bundan istisno) tengdir.
Yog‘li ovqat
Yog‘li go‘sht iste’mol qilishni cheklang, boshqa turdagi go‘shtlarni parranda go‘shti (terisiz) bilan almashtiring Tarkibida yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan sut mahsulotlari va margarinni iste’mol qilishni cheklang (ikki osh qoshiqdan kam) iste’mol qilishni cheklang. Ratsiondan mol yog‘ini chiqarib tashlash Palma va kokos yog‘larini iste’mol qilmang. Zaytun, raps, soyali, makkajo‘xori, kungaboqar, kunjut, paxta yog‘laridan foydalaning
Baliq
Asosan yog‘li dengiz balig‘ini iste’mol qilishni ko‘paytirish tavsiya qilinadi
⚠️ SIZDA QANDLI DIABЕT 2-TURI XAVFI YUQORI, VЕNA QONIDA QAND MIQDORI TЕKSHIRILISHI LOZIM!
SIZDA QANDLI DIABET 2-TURI BO‘LISHI MUMKIN, OILAVIY SHIFOKORINGIZGA MUROJAAT QILING!